07:30 / 23.08.2019
11895

Pxenyan sanksiyaviy bosim ostida Vashington uchun bosh xavf bo‘lishini aytdi

Foto: TASS

Shimoliy Koreya AQSh bilan muloqotga tayyor, biroq sanksiyaviy bosim saqlanib qolguncha, Pxenyan Vashington uchun bosh xavf bo‘lib qoladi. Bu haqda Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo bayonotida aytilgan.

“Biz muloqotga va shu bilan birga qarama-qarshilikka tayyormiz. Agar AQSh o‘zining qarshi turish pozitsiyasidan voz kechmay, bizga sanksiyalar bilan qarshi turishga harakat qilsa katta xato bo‘ladi. Bunday holda biz AQSh uchun bosh xavf bo‘lib qolamiz”, deb aytgan vazir.

Shimoliy Koreya vakili AQSh davlat kotibi Maykl Pompeoni tanqid qilgan. Pompeo yaqinda bergan intervyularidan birida Shimoliy Koreya hali ham yadroviysizlashga sodiq qolayotganiga umid bildirgan, aks holda Vashington Pxenyanga nisbatan tarixdagi eng qat'iy sanksiyalarni saqlab qolishini aytgan.

Top