22:59 / 23.08.2019
51463
Tankdan «Makarov»gacha - o‘zbek armiyasiga fotosayohat

23 avgust kuni Markaziy harbiy okrugning Kattaqo‘rg‘ondagi poligonida yirik masshtabdagi harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Unda doimiy jangovar shaylikdagi askarlar qatnashdi. Yangi tiklangan okrugning Kattaqo‘rg‘ondagi poligoni har doimgidan gavjum bo‘ldi. OAV uchun ham ochiq bo‘lgan yig‘inda Kun.uz muxbiri ham qatnashdi.

Mashg‘ulot rahbarlarining aytishicha, ular bu jarayonga 6 oy davomida tayyorgarlik ko‘rishgan. Askarlar ko‘plab turdagi qurollardan o‘t ochib, mashg‘ulot o‘tkazishdi. Albatta, u yerda o‘zbek armiyasining barcha qurollarini ko‘rdik deb ayta olmaymiz, ammo ko‘plab zamonaviy qurollar jangovar tayyorgarlikni yetarli darajada ta'minlashiga guvoh bo‘ldik. Quyida Kattaqo‘rg‘on poligonidan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.

Top