09:43 / 24.08.2019
6572

«Barselona» urugvaylik futbolchini sotib olishga yaqin

Foto: Getty Images

«Yuventus» yarimhimoyachisi Rodrigo Bentankur faoliyatini “Barselona»da davom ettirishi mumkin, deb yozadi TyC Spors.

Ma'lum qilinishicha, 22 yoshli urugvaylik futbolchi kataloniyaliklarga 60 mln yevroga tushadi.

Shu bilan birga, «Yuventus» bu summaning atigi yarmini oladi. Qolgan 30 mln yevroga futbolchining sobiq klubi «Boka Xuniors» egalik qiladi.

O‘tgan mavsumda Bentankur A Seriyada jami 31ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urgan va 3ta golga hammualliflik qilgan.

Top