18:44 / 24.08.2019
11358

Eron yangi raketasini sinovdan o‘tkazdi

Foto: AFP

Eron yangi raketa sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga asoslanib Associated Press xabar berdi.

“Ushbu shanba millatimiz uchun eng muvaffaqiyatli kunlardan biri bo‘ldi”, dedi korpus brigada generali Husayn Salomiy.

Xabarda qayd etilishicha, raketa bilan bog‘liq boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan. 

Mazkur haftada Eron o‘zi ishlab chiqargan “Bovar-373” zenit-raketa majmuasini namoyish qilgandi.

AQSh va boshqa davlatlar Eronni raketa dasturi ustida ish olib borayotgani uchun tanqid qilmoqda. Tehron esa bunga to‘la haqqi borligini aytmoqda.

Top