17:33 / 24.08.2019
28749

Ikkita viloyatda inson o‘limi bilan tugagan yo‘l-transport hodisalari soni ortdi

Foto: Sergey GAPON

2019 yilning birinchi yarim yilligida Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida inson o‘limi bilan yakunlangan YTHlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikkitaga ortdi.

Mazkur davrda O‘zbekistonda ro‘y bergan yo‘l-transport hodisalaridan 770tasi inson o‘limi bilan tugadi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 871tani tashkil qilgan.

Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a'zosi Boymatjon Rasulov Senat yalpi majlisi vaqtida ma'lum qildi.

«Birinchi yarim yillikda o‘lim bilan tugagan YTHlar 11 foizga kamaygan bo‘lsa-da, yuqoriligicha qolgan.

Buxoro (42-40) va Farg‘ona (94-92) viloyatlarida esa bu fojialar sonining oshishi kuzatilgan», – degan Rasulovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top