21:05 / 24.08.2019
8671

Jonson Trampni savdo urushlarini to‘xtatishga ko‘ndirmoqchi

Foto: AFP

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Biarritsda bo‘lib o‘tayotgan G7 sammitida AQSh prezidenti Donald Trampni jahon savdo sohasidagi keskinlikni pasaytirishga ko‘ndirmoqchi.

"Sammitda jahon savdosidagi holat ustuvorlik kasb etadi. Proteksionizm va bojlar o‘sib borayotganidan tashvishdaman. Buni Tramp bilan muhokama qilaman", - dedi Jonson.

U Britaniya savdo urushlariga aralashib qolishidan cho‘chiyotganini aytdi.

"Men judayam tashvishdaman. Britaniya bunga aralashib qolishi xavfi bor. Keskinlik pasayishini ko‘rishni istayman", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

 

Mavzuga oid
Top