23:44 / 25.08.2019
26808

Amerikalik ayol ikki og‘izli baliq tutib oldi

Foto: Sputnik / Yegor Yeremov

AQShning Nyu-York shtatida yashovchi Debbi Geddes surati ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini karaxt holga solgan g‘ayrioddiy baliq tutib oldi.

Ayol turmush o‘rtog‘i bilan AQSh va Kanada chegarasidagi Shampleyn orolida dam olayotganda, uning qarmog‘iga ikki og‘izli mutant baliq tushgan.

“Biz uni qayiqqa chiqarib olganimizda men ko‘zlarimga ishonmadim”, deb aytib bergan voqeani ayol.

Agar baliqning noodatiy ko‘rinishi hisobga olinmasa, u butkul sog‘lom bo‘lgan. Ayol baliqni suratga olgach, qo‘yib yuborgan. 

Baliq surati internetda tezda tarqalib ketgan. Foydalanuvchilar baliqning noodatiy ko‘rinishi yo biror jarohat, yo genetik nuqson sababli bo‘lishi mumkinligini aytishgan.

Top