10:00 / 25.08.2019
28472

«Maktab ochgan odam bamisoli qamoqxonani yopgandek gap» - Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar davlatning faxri ekanini aytdi

23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchilarning o‘rnini oshirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Prezident xususiy maktablarga litsenziya berish tartibi soddalashtirilgani, ularning bitiruvchilari attestat olishiga ruxsat etilganini aytdi.

«Shu o‘rinda fransuz adibi Viktor Hyugoning bir gapini sizlarga eslatmoqchiman: «Maktab ochgan odam bamisoli qamoqxonani yopgandek gap». Bu nima degani? Maktab, ta'lim, tarbiya bor joyda bolalar yomon yo‘lga kirmaydi, jinoyat sodir etmaydi. Demak, qamoqxonalarga zaruriyat qolmaydi. Shularga qo‘shimcha qilib aytmoqchiman, nafaqat maktab ochgan balki maktabda fidoyi bo‘lib ishlagan har bir o‘qituvchi, har bir ustoz ham ana shu sharafli maqomga munosib deb aytmoqchiman. 

Hurmatli o‘qituvchilar, jonkuyar maktab direktorlari, soha faxriylari, biz sizlarni  el-yurtning tayanchi va suyanchi deb bilamiz. Sizlar bilan doimo faxrlanamiz», — deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri..

Top