01:17 / 26.08.2019
20478

Britaniya qirolichasi Trampning vertolyotlaridan shikoyat qildi

Foto: AP

Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Avstraliya bosh vaziri Skott Morrisonga Bukingem saroyi oldidagi maysazorga AQSh prezidenti Donald Tramp vertolyotlari sababli shikast yetganidan shikoyat qilgan. Bu haqda Britaniyaning The Sunday Times nashri xabar berdi. 

Donald Tramp rafiqasi bilan iyun boshida Buyuk Britaniyaga birinchi rasmiy tashrifini amalga oshirgan. Tashrif 3 kun davom etgan. AQSh prezidenti va rafiqasi bo‘lgan vertolyot tashrifning ilk kuniyoq Bukingem saroyi oldidagi maysazorga 2 marta qo‘ngan. Shuningdek, maysazorga Trampga hamrohlik qilgan yana bitta vertolyot ham qo‘ngan.   

Qirolicha Tramp Buyuk Britaniyaga kelgan kunning ertasiga Avstraliya bosh vaziri bilan suhbatlashgan. 

Qirolicha Morrisonga maysazorda vertolyot g‘ildiraklari va dvigatellaridan izlar qolganidan arz qilgan. “Mening maysazorimga qarang. Unga shikast yetdi”, deb aytgan qirolicha. Ta'kidlanishicha ushbu shikoyat yaxshi maqsadda qilingan.

Trampning o‘zi esa Britaniyaga tashrifidan keyin unda qirolicha ko‘proq katta taassurot qoldirganini aytgan.

Mavzuga oid
Top