22:17 / 26.08.2019
7247

Superliga. «Bunyodkor» va «Lokomotiv» murosa ko‘chasini tanlashdi, «Metallurg» o‘z maydonida «Navbahor»ni yengdi 

Superligada 18-tur o‘yinlari boshlandi.

«Bunyodkor» o‘z maydonida «Lokomotiv» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 23-daqiqada Arslonmurod Amanov boshi bilan mezbonlar darvozasini aniq nishonga oldi. 74-daqiqada Sanjar Tursunov penaltidan hisobni tenglashtirdi.

«Metallurg» o‘z uyida «Navbahor» bilan bellashdi va so‘nggi daqiqalarda Muzaffarov tomonidan urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi.

Superliga, 18-tur

26 avgust, Toshkent, «Bunyodkor» stadioni
BUNYoDKOR (Toshkent) – LOKOMOTIV (Toshkent) 1:1
Gollar
: Sanjar Tursunov (74 pen) - Arslonmurod Amanov (23)
«Bunyodkor»: Abdumavlon Abdujalilov, Islomjon Qobilov, Anvar G‘ofurov, Dilshodbek Ahmadaliyev, Xurshid G‘iyosov, Javohir Qahramonov, Mirjahon Mirahmadov, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Shohruh Gadoyev, Abdulla Abdullayev.
«Lokomotiv»: Javohir Ilyosov, Sherzod Karimov, Anzur Ismoilov, Oston O‘runov, Jamshid Iskanderov, Sardor Mirzayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Yovan Jokich, Arslonmurod Omonov, Diyorjon Turopov.

26 avgust, Bekobod, «Metallurg» stadioni 
MeTALLURG (Bekobod) – NAVBAHOR (Namangan) 1:0
Gol: Muzaffar Muzaffarov (88)
Hakamlar: Sherzod Qosimov, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Rahim Karimov. Nazoratchi: Andrey Klepikov. Komissar: Jahongir Rahmatullayev.
Metallurg: 12.Aleksandr Lobanov, 5.Abbos Otaxonov, 10. Islombek Isoqjonov, 11.Bahrom Abdurahimov, 17.Muzaffar Muzaffarov, 18.Shavkat Mullajonov, 22. Shahzodbek G‘ofurbekov, 28.Stanislav Andreyev, 55.Akbar Ismatullayev, 77. Muhammad Isayev, 85.Bahodir Pardayev.
Navbahor: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Aziz Ibragimov, 7. Azimjon Ahmedov, 9. Ivan Solovev, 10. Azizbek Turg‘unboyev, 11. Aleksandr Kasyan, 15. Obid Jo‘raboyev, 19. Mirzohid G‘ofurov, 22. Igor Golban, 66. Ilhomjon Alijonov, 99. Amirbek Jo‘raboyev.

Mavzuga oid
Top