21:25 / 26.08.2019
10314
Tinch okeanida ko‘piktoshdan tashkil topgan orol kemalarga xavf solmoqda

Tinch okeanida vulqon ko‘piktoshidan (pemza) tashkil topgan ulkan massiv suzib yuribdi. Uning maydoni 150 kvadrat kilometrni tashkil qiladi, deb xabar berdi BBC News telekanali.  

Olimlarning fikricha, orol 7 avgustda Tonga davlatidagi suv osti vulqoni otilishi natijasida hosil bo‘lgan. Ushbu orol koinotdan ham yaqqol ko‘rinmoqda.

Uni birinchi bo‘lib avstraliyalik dengizchilar aniqlashgan. Ayni vaqtda barcha dengizchilar o‘lchami Manxettendek keladigan orol bilan to‘qnashmaslik uchun unga yaqinlashmaslik haqida ogohlantirilgan.

Top