10:21 / 27.08.2019
4000

Mudofaa vazirligida Pokiston harbiy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida O‘zbekiston – Pokiston shtab muzokaralarining navbatdagi bosqichi doirasida Pokiston Islom Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi vakili general-mayor Zohid Mahmud boshchiligidagi harbiy delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga ko‘ra, mehmonlarni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Xalqaro harbiy hamkorlik bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Dilshod Hasanov qabul qildi.

Muzokaralar davomida harbiy va harbiy-texnik, harbiy ta'lim yo‘nalishidagi maqsadli aloqalarni kuchaytirish orqali ikki mamlakat mudofaa idoralari orasida o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga kelishib olindi. 

Mazkur uchrashuv 2020 yilga mo‘ljallangan hamkorlikdagi tadbirlar rejasining tasdiqlanishiga zamin yaratadi.

Mavzuga oid
Top