15:00 / 27.08.2019
25690
Reklama

«Oq Saroy» rezidentlariga ajoyib sovrin – mashinalar kalitini sovg‘a qildi

Foto: URBAN STROY

11 avgust - “Quruvchilar” kuni munosabati bilan Toshkentdagi muhtasham «Oq Saroy» turar joy majmuasida katta tantana tashkil etildi. Ushbu kechada mazkur majmuadan uy xarid qilgan xonadon egalari o‘rtasida ajoyib sovrinli o‘yin o‘ynaldi.

200dan ortiq yangi xonadon egalari va ularning yaqinlari yig‘ilgan tadbirda katta bayram dasturxoni yozildi. Kechaga afsonaviy “Yalla” guruhi, Shahzoda va Matin Band tashrif buyurib, ajoyib taronalar bilan mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlashdi.

Shu kuni ajoyib sovg‘a – 5ta avtomobil sohiblari aniqlandi. G‘oliblar lototron orqali mehmonlar tomonidan tasodifiy tanlov yo‘li bilan 2ta Chevrolet Spark, 2ta Nexia 3 va Gentra mashinalarining egasiga aylanishdi.

Ko‘pchilikda ayni damda «Oq Saroy» o‘zi qanday turar joy?», degan savol tug‘ilishi mumkin.

«Oq Saroy» turar joyi qulay yashash tarzi, Yevropa uslubi va sharqona hashamatni o‘zida jamlagan innovatsion loyihadir. Mazkur qo‘riqlanadigan hudud metro bekatiga yaqin joylashgan bo‘lib, kompleks yaqinida bolalar bog‘chasi, maktab, tibbiy muassasalar, shahardagi markaziy bozorlardan biri, jamoat transportining asosiy yo‘nalishlari harakatlanadigan chorraha mavjud.

Ichki hovli dam olish uchun o‘rindiqlar, bolalar va sport maydonchalari, yorqin rangdagi, xavfsiz attraksionlar, favvoralar bilan ta'minlangan. Shuningdek, shaxsiy avtomobillarni qo‘yish uchun yopiq avtoturargoh ham mavjud.

Ma'lumot o‘rnida: Mazkur turar joy majmuasi  «URBAN STROY» kompaniyasining katta loyihasi bo‘lib, bu innovatsion yo‘nalishlar va yangi texnologik yutuqlarni qo‘llagan holda yashash uchun qulay imoratlarini barpo etishni maqsad qilgan qurilish kompaniyasidir.

Muhtasham saroyda yashashning vaqti keldi. Eng muhimi, foizsiz muddatli to‘lov asosida!

Murojaat uchun telefonlar:

+998 97 777 11 66
+998 97 770 55 00
+998 95 193 75 57
+998 95 194 75 57
+998 99 811 11 66

«Oq Saroy» manzili:

Mirzo-Ulug‘bek tumani, Parkent ko‘chasi

Bizning bosh ofisimiz manzili: Yashnobod tumani, Parkent massivi, M. Riyoziy ko‘chasi, 6/7-uy, 3-xonadon. «URBAN STROY​» korxonasidan «Oq Saroy» turar joy majmuasi, Parkent va Oltintepa ko‘chalari kesishmasida joylashgan, sobiq Ali Baba restorani.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top