15:26 / 28.08.2019
71335

Toshkentda bino konstruksiyasi qulashi oqibatida 4 nafar ishchi halok bo‘ldi

Joriy yilning 28 avgust kuni soat 13:18da Toshkent FVB navbatchilik qismining bergan birlamchi ma'lumotiga ko‘ra, Olmazor tumani Nurafshon ko‘chasida yangi qurilayotgan “Riviera” savdo majmuasining qurilish jarayonida metall konstruksiyaning qulashi sodir bo‘lgan. 

Natijada, 4 nafar ishchi xodim vafot etgan va 2 nafari tan jarohat olgan.

Qayd etilishicha, hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va shahar FVB xodimlari chiqishgan. 

Voqea yuzasidan qo‘shimcha ma'lumotlar beriladi, deyiladi FVV xabarida.

Top