19:52 / 29.08.2019
0
7039

BAAning Yamanga bergan aviazarbalari oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi

Birlashgan Arab Amirliklari koalitsiyasining harbiy-havo kuchlari Yaman hukumat kuchlarining janubdagi pozitsiyalariga zarba berdi.

Al Mayadeen telekanalining xabar berishicha, aviatsiya Yamanning Adan va Zinjibar shaharlariga kamida 13 ta zarba bergan. 

Hujum oqibatida kamida 40 kishi, jumladan tinch aholi vakillari va hukumat kuchlarini qo‘llab-quvvatlovchi jangchilar halok bo‘lgan.

Yaman tashqi ishlar vazirligi ko‘plab jarohat olganlar, jumladan ular orasida ayollar va bolalar borligini ma'lum qilgan.

Zarba hukumat kuchlari Adan shahri ustidan nazoratni o‘zlariga qaytib olgan kunning ertasiga berildi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top