08:17 / 29.08.2019
0
6584

Chili prezidenti jarimaga tortildi – OAV

Foto: TASS/Zuma/Francisco Flores Seguel/Agenciauno

Chilining Pukon shahri sudi prezident Sebastyan Pineraga uy qurishda yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlik uchun 4,93 mln Chili pesosi (6,8 ming dollar) miqdorida jarima to‘lash majburiyatini yukladi. Bu haqda BioBio radiostansiyasi xabar qildi. 

Ma'lum qilinishicha, shahar ma'muriyati prezidentni Kaburgua ko‘li bo‘yidagi uyiga ishlarni yakuniy qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilmagani uchun sudga bergan.

Prezident ushbu qonunbuzarlik uchun belgilangan maksimal jarimaga tortilgan. Ta'kidlanishicha, Pinera jarimani to‘lab bergan.

Shu bilan birga sud uyni buzib tashlash haqidagi arzni bunday qarorlar qabul qilish uning vakolatiga kirmasligi vaji ostida rad etgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top