12:30 / 29.08.2019
0
28347

Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari haydovchilari endi jarimaga tortilmaydi  

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi qo‘shimcha kiritildi:

17-1-modda (Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun shaxslarning ma'muriy javobgarligi) quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirildi:

«Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar maxsus foto- va video qayd etishning avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda haydovchilarning ma'muriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatlarida sodir etilgan deb topiladi va ma'muriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi».

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top