14:12 / 29.08.2019
4
34568
Toshkentdan yana ikkita shaharga muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

“Uzautotrans Service” MChJ tomonidan 27 avgust kunidan e'tiboran “Toshkent-Yakkabog‘” yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

Mazkur yo‘nalish masofasi 500 km bo‘lib, chipta narxi 52 000 so‘m etib belgilangan. Qatnovlar zamonaviy barcha qulayliklarga ega bo‘lgan Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha avtobus soat 13:10da “Toshkent” avtovokzalidan yo‘lga chiqadi. Yakkabog‘dan esa 09:30da poytaxt tomon harakatlanishni boshlaydi. 

Shuningdek, 30 avgust kunidan e'tiboran “Toshkent-Urgut” yo‘nalishida ham muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Masofasi 387,9 km bo‘lgan ushbu yo‘nalishda chipta narxi 42 000 so‘mni tashkil etadi. Avtobus soat 13:20da “Toshkent” avtovokzalidan jo‘naydi. Urgutdan esa 07:30da harakatlanishni boshlaydi.

“Hurmatli yo‘lovchilar, Toshkent avtovokzalidan amalga oshirilayotgan mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam qatnovlar to‘g‘risidagi to‘liq ma'lumotlarni avtovokzalning (71) 207 87 00, 207 87 02 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovlarga chiptalarni avtoticket.uz sayti orqali ham sotib olish imkoni mavjud”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top