10:10 / 29.08.2019
0
7301

YeChL guruh bosqichiga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma'lum. Bugun qur'a

Chempionlar ligasi-2019/20 mavsumida ishtirok etadigan barcha 32 jamoa nomi ma'lum bo‘ldi.

28 avgust oqshomida Yevropa Chempionlar Ligasida pley-offning so‘nggi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

O‘tgan mavsum yarimfinalchisi «Ayaks» o‘z uyida Kiprning APOEL klubini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra (amsterdamliklar safarda 0:0 hisobida durang natijaga erishgandi) guruh bosqichiga yo‘l oldi. Chexiyaning «Slaviya» va Belgiyaning «Bryugge» klublari ham mos ravishda ChFR (1:0, 1:0) va LASK (1:0, 2:1) klublari to‘sig‘idan o‘tib, guruh bosqichida ishtirok etadigan bo‘lishdi. 27 avgust kuni javob uchrashuvlari natijasiga ko‘ra, «Olimpiakos» «Krasnodar»ni (4:0, 2:1), «Tsrvena Zvezda» «Yang Boyz»ni (2:2, 1:1) va «Dinamo» Zagreb «Rusenborg»ni (2:0, 1:1) mag‘lub etgandi.

Shu tariqa, Chempionlar ligasi-2019/20 mavsumida ishtirok etadigan barcha 32 jamoa nomi ma'lum bo‘ldi.

Saralash pley-offida javob o‘yinlaridan keyin «Olimpiakos», «Tsrvena Zvezda», Zagrebning «Dinamo», «Ayaks», «Bryugge» va Praganing «Slaviya» klubi ham ishtirokchilar qatoriga qo‘shildi.

Qur'a arafasida jamoalar quyidagicha savatchalarga taqsimlanadi:

Birinchi savatcha: «Liverpul», «Chelsi», «Barselona», «Manchester Siti», «Yuventus», «Bavariya», «PSJ», «Zenit»;

Ikkinchi savatcha: «Real», «Atletiko», «Borussiya» Dortmund, «Napoli», «Shaxtyor», «Tottenhem», «Benfika», «Ayaks»;

Uchinchi savatcha: «Lion», «Bayyer», «Zalsburg», «Olimpiakos», «Valensiya», «Inter», «Dinamo» Zagreb, «Bryugge»;

To‘rtinchi savatcha: «Lokomotiv», «Genk», «Galatasaroy», «Leypsig», «Slaviya», «Tsrvena Zvezda», «Atalanta», «Lill».

Bugun Monakoda Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu marosim Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Chempionlar ligasi
Pley-off raundi
Javob o‘yinlari

«Rusenborg» (Norvegiya) – «Dinamo» Zagreb (Xorvatiya) 1:1 (1:0, 0:1)
27 avgust, «Lerkendal»
Gollar: 1:0 – 11 Akintola, 1:1 – 71 Goyak.
Rusenborg – Xansen, Xovland, Meling, Xedenstad (Seyde, 84), Reginiussen, Lundemu (Tronnsen, 74), Konradsen, Yyensen, Akintola (de Lanle, 74), Adegbenro, Toft-Soderlund.
Dinamo Zagreb – Livakovich, Dilaver, Stoyanovich, Perich, Leovats, Olmo (Gavranovich, 90), Ademi, Moro, Xayrovich (Goyak, 66), Petkovich, Orshich (Atemven, 81).
Ogohlantirishlar: Dilaver (43), Toft-Soderlund (47), Leovats (84).
Birinchi o‘yin: 0:2

«Tsrvena Zvezda» (Serbiya) – «Yang Boyz» (Shveytsariya) 1:1 (0:0, 1:1)
27 avgust, «Rayko Mitich»
Gollar: 1:0 – 59 Vukanovich, 1:1 – 81, avtogol Ben-Nabuan.
Tsrvena Zvezda – Boryan, Milunovich, Degenek, Rodich, Gobelich, Yovanchich, Garsiya (Ben-Nabuan, 69), Marin, Kanyas, Vukanovich (Ivanich, 83), Boachi (Tomane, 62).
Yang Boyz – fon Ballmos, Yanko, Lotomba, Tseziger (Fassnaxt, 52), Sorensen, Serro (Suleymani, 65), Lustenberger, Ebisher, Nsame, Assale (Oaro, 65), Ngamale.
Ogohlantirishlar:
Milunovich (18), Degenek (21), Gobelich (32), Tseziger (36), Tomane (79), Oaro (90), Yovanchich (90), fon Ballmos (90).
Chetlatish: Tomane (90).
Birinchi o‘yin: 2:2

«Krasnodar» (Rossiya) – «Olimpiakos» (Gretsiya) 1:2 (1:1, 0:1)
27 avgust, «Krasnodar» stadioni
Gollar: 1:0 – 10 Utkin, 1:1 – 11 El-Arabi, 1:2 – 47 El-Arabi.
Krasnodar – Kritsyuk, Foluson, Spayich, Petrov (Skopinsev, 56), Stotskiy, Olsson, Utkin (Ignatev, 67), Vanderson, Vilena, Suleymanov (Namli, 32), Berg.
Olimpiakos – Joze Sa, Merya, Elabdellaui, Ruben Semedu (Sisse, 65), Tsimikas, Podense (Kamara, 84), Valbuena, Masuras, Gilerme, Buxalakis, El-Arabi (Sudani, 73).
Ogohlantirishlar: Stotskiy (25), Namli (70), Olsson (75), Spayich (76).
Birinchi o‘yin: 0:4

«Slaviya» (Chexiya) – ChFR (Ruminiya) 1:0 (0:0, 1:0)
28 avgust, «Sinot-Tip Arena»
Gol: 1:0 – 66 Borjil.
Slaviya – Kolarj, Kudela, Tsoufal, Borjil, Govorka, Souchek, Kral, Stanchu (Fridrix, 90), Masopust (Traore, 84), Shkoda (Yusuf, 79), Olayinka.
ChFR –    Arlauskis, Mureshan, Sushich, Burke, Luish Aureliu (Peun, 64), Kamora, Bordeyanu, Djokovich, Dyak (Xoban, 70), Omrani, Rondon (Tsukudyan, 69).
Ogohlantirishlar: Mureshan (39), Masopust (40), Dyak (44), Kudela (47), Tsukudyan (80), Djokovich (90).
Birinchi o‘yin: 1:0

«Ayaks» (Niderlandiya) – APOEL (Kipr) 2:0 (1:0, 1:0)
28 avgust, «Amsterdam Arena»
Gollar: 1:0 – 43 Alvares, 2:0 – 80 Tadich.
Ayaks – Onana, Blind, Talyafiko, Veltman, Dest, Tadich, Ziyesh (de Vit, 87), Alvares (Marin, 89), Neres, Martines, Xuntelar.
APOEL – Belets, Ioannu, Joauzinyu, Merkis, Mixaylovich, Yakolish (De Vinsenti, 64), Lukas, Matich (Xallenius, 78), Pavlovich, Bezyak, Al-Tamari (Vidigal, 72).
Ogohlantirishlar: Alvares (25), Mixaylovich (30), Merkis (34), Veltman (45), Lukas (56), Yakolish (62), Joauzinyu (69), Bezyak (73).
Birinchi o‘yin: 0:0

«Bryugge» (Belgiya) – LASK (Avstriya) 2:1 (0:0, 2:1)
28 avgust, «Yan Breydel»
Gollar: 1:0 – 70 Vanaken, 1:1 – 74, penalti Klauss, 2:1 – 89 Bonaventure.
Bryugge – Minole, Deli, Rikka, Mitrovich, Vanaken, Mata, Rits, Vormer, Diatta, Okereke (Bonaventure, 88), Openda (Tau, 46).
LASK – Shlager, Trauner, Pogatets, Vizinger, Renner, Xolland (Otubandjo, 90), Goyginger (Raguj, 72), Mixorl, Frizer (Tette, 62), Ranftl, Klauss.
Ogohlantirishlar: Mixorl (55), Trauner (72), Rits (73), Vizinger (90).
Chetlatish: Trauner (81).
Birinchi o‘yin: 1:0

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top