13:58 / 30.08.2019
0
6244

BAA O‘zbekistonni Dubaydagi xalqaro forumga taklif qildi

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Joriy yil 28 avgust kuni Senatda Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Sayyora Baratovaning Birlashgan Arab Amirliklari Vazirlar Mahkamasi va kelajagi ishlari bo‘yicha vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda gender tenglik, ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish masalalari, shuningdek bu boradagi milliy va xorijiy tajriba yuzasidan fikr almashildi.

Delegatsiya a'zolari shu yil Dubay shahrida gender tenglik bo‘yicha xalqaro forum o‘tkazilishi haqida axborot berib, ushbu tadbirga O‘zbekiston vakillarini taklif qildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top