13:41 / 30.08.2019
0
24024

FlyDubai samolyoti texnik nosozlik tufayli Toshkent aeroportiga qaytdi

Foto: FlyDubai

FlyDubai aviakompaniyasining Toshkent-Dubay yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan samolyoti Toshkent xalqaro aeroportidan havoga ko‘tarilganidan 35 daqiqa o‘tib, texnik nosozlik tufayli erta tongda ortga qaytdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

AviaSpotter xabariga ko‘ra, bort «tutun va salondagi yoqimsiz hid» tufayli aeroportga qaytib kelgan. Ushbu ma'lumot keyinchalik xabardan olib tashlandi. FlyDubai aviakompaniyasi samolyot ortga qaytganining sababini Kun.uz’ga telefon orqali ma'lum qilishdan bosh tortdi.

«Biz ushbu reys haqida hali rasmiy ma'lumot olganimiz yo‘q», - dedi FlyDubai xodimi telefon orqali muloqotda.

Poytaxt aeroportidan xabar berilishicha, yo‘lovchilar vaqtincha mehmonxonaga joylashtirilgan.

FlyDubai rasmiy veb-saytining onlayn-jadvaliga ko‘ra, xabar e'lon qilingan paytda samolyot aeroportdan hali ham parvoz qilmagan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top