21:08 / 30.08.2019
0
3349
O‘zbekistonlik taekvondochilar jahon chempionatida 3ta medalni qo‘lga kiritishdi

Shu yilning 24-30 avgust kunlari Bolgariyaning Plovdiv shahrida taekvondoning ITF yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida XXI jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. 

Musobaqada dunyoning 96ta davlatidan kelgan 2700ga yaqin sportchilar ishtirok etdi. 

Kuchli bellashuvlardan so‘ng O‘zbekiston Taekvondo milliy assotsiatsiyasi terma jamoasi 1ta kumush va 2ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi:

Otajanov Shoxruh (64 kg vaznda) – 2-o‘rin;
Xudoyberdiyev Valijon (52 kg vaznda) – 3-o‘rin;
Saidov Behruz (85 kg vaznda) – 3-o‘rin. 

1 sentabr kuni terma jamoa a'zolari O‘zbekistonga qaytib kelishadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top