14:25 / 30.08.2019
0
12087

«Qamchiq» dovonida harbiy shaharcha qurilib, foydalanishga topshirildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi Toifalangan obektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi tasarrufidagi “Qamchiq” dovonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilar uchun yangi, har tomonlama qulay, barcha zarur shart-sharoitlarga ega harbiy shaharcha qurilib, foydalanishga topshirildi. 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga ko‘ra, “Qamchiq” dovonida joylashgan ushbu bo‘linma dengiz sathidan 1350 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, iqlim sharoitiga ko‘ra Mudofaa vazirligining boshqa harbiy qismlaridan farq qiladi.

Bu yerda harbiy xizmatni olib borishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, shaxsiy tarkibning ijtimoiy himoyasini ta'minlash, ular uchun xizmatni o‘tashning xavfsiz shart-sharoitlarini yaratish maqsadida, mudofaa vaziri boshchiligida, vazirlik markaziy apparatining manfaatdor bo‘linmalari bilan hamkorlikda qurilish ishlari olib borildi va mutlaqo yangi ko‘rinishdagi harbiy shaharcha qad rostladi.

Shtab binosi, Madaniyat va ma'rifat markazi, Yoshlar ittifoqi xonasi, kutubxona, qorovulxona, kapital ta'mirlangan va yangi qurilgan avtoturargoh, oshxona, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar uchun qurilgan yotoqxona binolari zamon talablariga to‘liq javob beradi.

Harbiy shaharchaning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston mudofaa vaziri, Toifalangan obektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondoni, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mudofaa vaziri o‘z nutqida ushbu harbiy qismda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarga, ularning kasbiy mahoratiga ishonishini, shu sababdan ham ularga yurtimizning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan toifalangan obektlarini qo‘riqlashni ishonib topshirilganini alohida e'tirof etdi.

Shuningdek, harbiy qism komandiriga yangi qurib bitkazilgan harbiy shaharchaning ramziy kaliti va mudofaa vazirining sovg‘asi – yengil avtomobil kaliti topshirildi.

Bayram munosabati bilan ushbu harbiy qismning bir qator harbiy xizmatchilari navbatdagi harbiy unvonlar, faxriy yorliq va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top