07:23 / 30.08.2019
0
23362

Van Deyk – Chempionlar Ligasining eng yaxshi futbolchisi, Messi – eng yaxshi hujumchisi, Ronaldu sovrinsiz qoldi

Foto: Getty Images

UYeFA Chempionlar Ligasi 2018/19 mavsumining eng yaxshi futbolchilarini e'lon qildi.

Foto: Getty Images

«Liverpul» posboni Alisson Beker eng yaxshi darvozabon deb topildi.

«Liverpul» futbolchisi Virjil van Deyk - eng yaxshi himoyachi, «Ayaks» yarimhimoyachisi Frenki de Yong - eng yaxshi yarimhimoyachi bo‘ldi. «Barselona» yetakchisi Lionel Messi eng yaxshi hujumchi deb tan olindi.

Bundan tashqari, Virjil van Deyk Chempionlar Ligasida o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Undan tashqari bu sovringa «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «Barselona» to‘purari Lionel Messi ham da'vogarlik qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2018/19 mavsumida «Liverpul» klubi Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘ldi.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top