16:17 / 30.08.2019
0
5940

Yunusobodda «VAZ-21061»ni o‘g‘irlagan shaxs Qibraydagi postda qo‘lga olindi

2019 yil 25 avgust kuni noma'lum shaxs Toshkent shahrining Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasida joylashgan avtomashinalar turar joyida qarovsiz qoldirilgan Markaz 5-dahada yashovchi 60 yoshli N.M.ga tegishli “VAZ-21061” rusumli avtomashinasini haydab qochgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma'lumotida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani “Mo‘ynoq” QFYda yashovchi 37 yoshli M.M. sodir etganligi aniqlanib, Toshkent viloyati Qibray tumanidagi postdan o‘tayotgan vaqtida ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top