11:18 / 31.08.2019
0
7704

12,5 tonna bug‘doyni o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

2019 yil 24 avgust kuni Navoiy viloyatining Navbahor tumanida yashovchi, 25 yoshli G.Ya. ismli ayol IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 1 iyuldan 18 avgustgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxslar “Keskanterak” MFY hududida joylashgan shu fermer xo‘jaligiga qarashli omborxonaga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, u yerdan umumiy qiymati 18 750 000 so‘mlik 12 500 kg. bug‘doyini o‘g‘irlab ketganliklarini ma'lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navbahor tumani Keskanterak mahallasida yashovchi 48 yoshli Z.M. va Navbahor tumani Yangihayot mahallasida yashovchi 51 yoshli V.E. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top