19:27 / 31.08.2019
0
20365
Dunyoning eng ko‘p sotilgan yo‘ltanlamas avtomobillari nomi ma'lum qilindi

Focus2move portali ekspertlari dunyodagi eng ommabop yo‘ltanlamaslar reytingini tuzdi, deb xabar berdi "Avtostat".

Birinchi yarim yillik natijalariga ko‘ra, Toyota RAV4 reyting yetakchisiga aylandi: olti oy ichida dunyo bo‘yicha 441,6 ming dona krossover sotilgan. Qayd etilishicha, bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 8,4 foizga ko‘pdir.

Toyota RAV4

Undan keyingi o‘rinda Honda CR-V (381,5 ming dona) va Volkswagen Tiguan (370,7 ming dona) joylashgan.

Honda CR-V
Volkswagen Tiguan

Ulardan tashqari, Hyundai Tucson va KIA Sportage ham eng ko‘p sotilgan yo‘ltanlamaslar reytingidan joy oldi.

KIA Sportage
Hyundai Tucson
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top