22:07 / 31.08.2019
3
12110

Eron o‘z neftini istalgan xaridorga sotishini ma'lum qildi

Tehron AQShning urinishlariga qaramasdan, o‘z neftini barcha xaridorlarga sotadi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif ma'lum qildi.

"Biz neftni istalgan xaridorga sotamiz", - deb yozdi Zarif Twitter sahifasida. Uning so‘zlariga ko‘ra, "AQSh davlat kotibi Maykl Pompeoning ming‘irlashlari" Eronni bundan to‘xtatib qololmaydi.  

21 avgust kuni Pompeo Vashington Eron nefti bo‘lgan tankerlarning Suriyaga yetib kelmasligi uchun barcha choralarni ishga solmoqchi ekanligini aytgandi.  

Eronga qarshi sanksiyalar, xususan, uning neft sotishiga qarshi sanksiyalar Vashington tomonidan 2018 yil noyabrda qayta tiklangandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top