20:48 / 31.08.2019
6526
Hongkong politsiyasi aholiga uylaridan chiqmaslikni tavsiya qildi
Foto: REUTERS / Danish Siddiqui

Hongkong politsiyasi namoyishchilar va huquqni muhofaza qilish xodimlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar ortidan aholiga derazalarini berkitib, uylaridan chiqmaslikni tavsiya qildi.

Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun bir necha marta ko‘zdan yosh oqizuvchi gazlarni qo‘llagan, bundan tashqari, namoyish qatnashchilarini belgilash oson bo‘lishi uchun ko‘k rangli suv purkaydigan texnika ishga solingan.

Hongkongda bo‘lib o‘tayotgan norozilik namoyishlarida namoyishchilar chiqindilar va barrikadalarni yoqib yuborishmoqda. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ular ko‘chalarda yonilg‘i to‘ldirilgan idishlarni uloqtirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Hongkongdagi namoyishlar iyundan buyon davom etmoqda.

Top