18:14 / 31.08.2019
8080

KXDR milliy jamoasi hujumchisi «Yuventus»ga o‘tdi

Foto: Getty Images

«Yuventus» klubi KXDR milliy jamoasi hujumchisi Kvan-Son Xan transferini e'lon qildi.

Turinliklar 20 yoshli futbolchi uchun «Kalyari»ga 5 million yevro to‘ladilar.

Xan 2017 yilda «Kalyari»ga o‘tgan edi. O‘sha mavsumda u jamoasi tarkibida «Palermo»ga qarshi o‘yinda A Seriyada debyut qildi. Ikkinchi o‘yinida esa «Torino» darvozasini ishg‘ol qilib, Italiya chempionatida gol urgan ilk shimoliy koreyalik futbolchi bo‘ldi.

Avvalgi mavsumni u Seriya B vakili «Perudja» klubida ijarada o‘tkazib, 20ta o‘yinda 4ta gol urdi.

Xan KXDR o‘smirlar va yoshlar jamoalari a'zosidir.

Top