22:28 / 31.08.2019
2
5471
Namanganlik 102 yoshdagi Ibrohimjon ota Xo‘jayev «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi

Respublikamiz Mustaqilligining 28 yilligi bayrami arafasida O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan o‘zining ko‘p yillik fidokorona mehnati, jamiyat rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasi, yurtimizdagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari bilan obro‘-e'tibor topgan yurtdoshlarimiz qatori 20 nafar namanganliklar ham davlatimizning yuksak orden va medallariga loyiq ko‘rildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

30 avgust kuni Namangan shahar hokimligi majlislar zalida o‘tkazilgan tantanali tadbirda davlat yuksak mukofotlari egalariga topshirildi.

Taqdirlanganlar ichida Namangan tumani Mullakuding qishlog‘ida yashovchi 102 yoshdagi Ibrohimjon ota Xo‘jayev ham bor. Ibrohimjon ota «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

Davlat mukofotlari viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan topshirildi.

Orden va medallar bilan taqdirlangan hamyurtlarimiz bu mukofotlar nafaqat o‘zlarining, balki avvalo viloyat ahlining, namanganliklarning fidokorona mehnatiga, mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan ulkan hissasiga Prezidentimiz tomonidan berilgan yuksak baho va e'tirof ekanini qayd etdilar.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top