23:58 / 31.08.2019
0
6012

Tetra Pak transmilliy korporatsiyasi asoschisi vafot etdi

Shvetsiyaning Tetra Pak qadoq qutilari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi asoschisining o‘g‘li, uni yirik transmlliy korporatsiyaga aylantirgan Xans Rausing 94 yoshida Angliyada vafot etdi. Bu haqda Shvetsiyaning SVT Nyheter telekanali xabar berdi.

Tetra Pak kompaniyasi 1951 yilda Ruben Rausing tomonidan Shvetsiyaning Lund shahrida tashkil qilingan. U dastlab faqat sut mahsulotlari uchun karton qadoqlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Hozirda korporatsiya mahsulotlaridan dunyoning 170 mamlakatida foydalaniladi.  

Xans Rausing kompaniyaga 1950-yillardan boshlab rahbarlik qilgan. Uning davrida kompaniya xalqaro shartnomalar tuzishni boshlagan va mashhurlikka erishgan.

Rausing dunyoning eng boy insonlaridan edi. Uning boyligi 12 mlrd dollar deb baholangan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top