16:11 / 31.08.2019
11
68927
Toshkent hokimligi mamlakat tarixidagi «eng baland va chiroyli» salyut qachon otilishini ma'lum qildi
Foto: KUN.UZ

1 sentabr kuni soat 21:00da Toshkentda O‘zbekiston mustaqilligining 28 yilligi sharafiga bayramona salyut otilishi boshlanadi. Bu haqda poytaxt ma'muriyati xabar berdi.

«Birinchi sentabr kuni, kechqurun soat to‘qqizda toshkentliklar tariximizdagi eng baland va chiroyli salyutdan bahramand bo‘lishadi», - deyiladi xabarda.

Tashkilotchilar salyut balandligi 350 metrga yetishini va'da qilmoqda. To‘qqiz daqiqa ichida 2723ta rang-barang nur paydo bo‘ladi. «Xalqlar do‘stligi» saroyi ortida joylashtirilgan 80ta qurilma bir vaqtda salyut otishi mo‘ljallangan.

Shou Xitoyning China Liuyang Jeeton Fireworks Group kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi hokimlik.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top