10:40 / 01.09.2019
4
112162
Jigar nega og‘riydi va nima qilish kerak?

Ba'zida belda paydo bo‘luvchi kichik qichima ham jiddiy kasallik alomati bo‘la oladi. Tekshiruvdan o‘tishga erinmang.

Ba'zida belda paydo bo‘luvchi kichik qichima ham jiddiy kasallik alomati bo‘la oladi. Tekshiruvdan o‘tishga erinmang.

Jigar — tanamizdagi eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan organlardan biridir. U ovqatni hazm qilishga yordam beradi, hayot uchun zarur bo‘lgan moddalarni sintezlaydi, organizmdan toksinlarni siqib chiqaradi.

Mabodo jigar ishlashdan to‘xtasa, bu butun organizm uchun jiddiy muammolarni chaqirishi mumkin — o‘limga olib boruvchi oqibatlargacha.

Jigar faoliyatida nuqsonlar yuzaga kelishi — keng tarqalgan muammo. Faqatgina AQShning o‘zida bundan kamida 30 milliondan ortiq kishi aziyat chekadi.

Layfxaker xavfli simptomlarni qanday qilib ko‘zdan qochirmaslik va ular bilan nima qilish kerakligi haqida o‘rtoqlashdi.

Nima uchun jigar og‘rig‘iga befarq bo‘lish yaramaydi?

Darhol muhimidan boshlaymiz. Agar siz muntazam ravishda yoqimsiz — zirqirab turuvchi, spazmatik, og‘riq beruvchi — noxush tuyg‘uni his qilsangiz, buni zudlik bilan gepatolog, gastroenterolog yoki hech bo‘lmaganda terapevt ko‘rigiga borishga turtki deb biling. Sabablarini tushuntiramiz.

Quyidagi suratda jigar tasvirlangan. Qo‘lingizni o‘ng biqiningizga qo‘ying, bu holatda kaftingiz qovurg‘ani yopib, barmoqlar kindik tomon yo‘nalgan holatda qovurg‘a ostida tuting — siz uni topdingiz.

Jigar juda yomon holatda bo‘lsa ham o‘z-o‘zidan og‘rishi mumkin emas: unda og‘riq beruvchi retseptorlar yo‘q. Odatda ko‘ngilsiz holatlar faqatgina u yoki bu kasallik yetarlicha avj olganda paydo bo‘la boshlaydi. Jigar shishadi, kattalashadi va o‘zini o‘rab turuvchi qobiq (kapsula) devorlariga bosim o‘tkaza boshlaydi. Kapsulada asabiy xotima vujudga keladi — shunday qilib og‘irlik yoki og‘riqlar boshlanadi.

Yana bir bor eslatamiz: o‘ng biqinda noqulaylik paydo bo‘lsa va bir necha kun ichida qaytarilsa yoki bir necha soatdan ortiq davom etsa, tezda shifokorga murojaat qiling.

Balki, sizda hech qanday jiddiy holat aniqlanmas. Noxush og‘riqlar jigarga aloqador bo‘lmasligi ham mumkin: masalan, o‘t qopidagi toshlar og‘riq bergan (bu ham xavfli). Ammo avvaldan oydinlik kiritgan yaxshiroq.

Jigar kasallanishiining yana qanday alomatlari bor?

Jigar sohasidagi og‘riqlar — yaqqol dalil. Biroq har doim ham emas. Ba'zida ushbu organning avj oluvchi kasalliklar o‘zini umuman boshqa joylardagi yoqimsiz hislar bilan sezdirishga urinadi: masalan, qorinning old qismi, bel va hattoki o‘ng yelkada.

Ba'zi holatlarda esa og‘riq umuman kuzatilmaydi.  Inson sirrozning tibbiyot davolashga ojiz bo‘lgan bosqichiga yaqinlasha turib ham kasallikdan bexabar bo‘lishi mumkin.

Jigar faoliyatidagi kamchiliklar qancha erta aniqlansa, tiklash jarayoni ham shuncha oson kechadi. Shuning uchun boshqa — bevosita va bilvosita — alomatlarni bilish muhim. Bir vaqtda bir nechtasi paydo bo‘lishi esa iloji boricha tibbiy soha vakillariga murojaat qilish kerakligidan ogohlantiradi.

  • Tez holdan toyish, uzoq vaqt — kunlab yoki hafta davomida besabab charchash;
  • Parhezda va hayot tarzida o‘zgarishlarsiz tana vazni kamayishi;
  • Doimiy ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi;
  • Ishtaha yo‘qolishi, og‘izda achchiq maza saqlanishi;
  • To‘piq qismida muntazam paydo bo‘luvchi shishlar;
  • Qorin shishishi holati ko‘payishi;
  • Noma'lum sabab bilan boshlangan qichishishning kuchayishi — tananing har qanday qismida kuzatilishi mumkin: yelka-bel sohasida, ko‘krak qafasi atrofida, qo‘lda, oyoqda.

Agar yuqoridagi alomatlari siydik rangi to‘q, axlat rangi och tusga kirishi, teri va ko‘z olmasi sarg‘ayishi, qorin sohasida birdan ta'sirchanlik kuchayishi (og‘riq zo‘rayishi) va yumshashi sodir bo‘lganda shifokorga zudlik bilan murojaat qilish kerak.

Ko‘z oldingiz qorong‘ilashib, zirqirash boshlansa yoki o‘z holatingizda juda yomon deb baholasangiz — tez yordamni chaqirishga ehtiyoj bor.

Gap organizmning kuchli zaharlanishi haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.

Jigar nega og‘riydi?

Ushbu organni mutlaqo sezdirmasdan zararlash imkoniga ega bo‘lgan o‘nlab kasalliklar mavjud. Quyida eng ko‘p tarqalganlari keltirilgan.

Virusli gepatit
Gap A, V, S yoki D gepatoviruslaridan biri chaqirgan jigar yallig‘lanishi haqida ketmoqda. Ular orasida eng kam zararlisi (shartli ravishda, u ham ba'zi holatlarda o‘limga yetaklashi mumkin) — A turidagi virus bo‘lib, xalq orasida sariq yoki Botkin kasalligi deb yuritiladi. U «kir qo‘llar» klassik kasalligidir: boshqa ichak infeksiyalari kabi, ifloslangan oziq-ovqat orqali yuqadi — masalan, yuvilmagan mevalar yoki suv. Botkin kasalligining asosiy afzalligi shundaki, u yaqqol seziladi, oldini olishning iloji bor (A virusli gepatitdan emlashlar mavjud) va ko‘p holatlarda davolanishdan so‘ng jigarda asorat qolmaydi.

V, S yoki nisbatan kam uchrovchi D viruslari jiddiy hisoblanadi. Biologik suyuqlik orqali yuqadi. Emlash mavjud emas, alomatlar, qoidaga muvofiq, o‘zini ko‘p sezdirmaydi va ularni odatiy darmonsizlanish bilan adashtirish mumkin. Vaqt o‘tishi bilan esa ushbu gepatoinfeksiyalar ko‘p hollarda surunkaliga aylanadi. Oqibatda gepatitning har qaysisi sirroz, jigar yetishmovchiligi yoki hattoki jigar raki darajasigacha o‘sishi mumkin.

Alkogolli gepatit
Jigar yallig‘lanishining yana bir turi bo‘lib, uni virus emas, alkogol uyg‘otadi. Muntazam va haddan tashqari ko‘p spirt iste'mol qilish jigarga og‘irlik tug‘diradi, uni ichki tarafdan yemirib natijada sirrozga (sog‘lom jigar to‘qimalari o‘rnini chandiqlar egallab o‘z vazifasini bajarishdan to‘xtashi) sabab bo‘ladi.

Gepatitning boshqa turlari
Alkogoldan tashqari, dori vositalari qabuli haddan oshishi yoki og‘ir metallar bilan zaharlanish ham jigarni yakson qiluvchi harakatlar hisoblanadi. Bu holatlar medakamentozli yoki toksik gepatit deb nomlanadi. Shuningdek u autoimmun turida bo‘lishi ham mumkin: immun tizimi ishdan chiqsa va jigar hujayralariga hujum qilsa.

Jigarning yog‘ xastaligi 
Organizmdagi ortiqcha yog‘lar nafaqat bel va sonda, balki ichki organlar atrofida ham yig‘ilishi kuzatiladi. Xususan, ular jigar hujaylarida to‘planib, uning hajmi oshishiga va o‘z faoliyatini davom ettirishida muammolar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

Jigar abssessi (yiring, chipqon)
Abssess (yoki kista)  — jigarda shakllanuvchi infeksiyalangan suyuqlik yoki yiringli «cho‘ntak». Ularga bakterial, zamburug‘li yoki parazit infeksiyalar kiradi. Bu kabi kasalliklar odatdagidek harorat ko‘tarilishi va jigar sohasida sezilarli darajada yoqimsiz holat paydo bo‘lishi bilan kechadi shu sababli uni payqamay qolish qiyin.

Jigar raki
Eng aldamchi kasalliklardan biri. Rak kechki bosqichga o‘tmagunga qadar o‘sib borayotgan shish o‘zi haqida bildirmaydi. Surunkali gepatit va sirrozdan o‘zini sezdirmay onkologiya «o‘sishi» holatlari, afsuski, noyob holat emas. Aynan shuning uchun jigar holatini nazorat qilib turish zaruratdir.

Jigar og‘riganda nima qilish kerak?

Takrorlaymiz: iloji boricha tezroq doktorga ko‘rining. Tibbiyot xodimi shikoyatlaringizni tinglaydi, ko‘rik o‘tkazadi, qorin sohasini paypaslab ko‘radi va katta ehtimol bilan qon tahlilini maslahat beradi — jigar tajribasi va virusli gepatit uchun test. Ular sizning jigaringiz qanchalik sog‘lomligini umumiy jihatdan aniqlashga yordam beradi.

Balki, boshqa tahlillar ham kerak bo‘lar, masalan:

  • jigar va o‘t haydash yo‘llarida UTT — organ va taxminiy zararlanish hajmini aniqlash uchun;
  • MRT;
  • biopsiya — jigarning kichik parchasi laboratoriya tekshirilishi.
  • Keyingi davolash kurslari tahlillar javobiga qarab belgilanadi. Jigarni o‘z holatiga qaytarish uchun ba'zida hayot tarziga o‘zgartirish kiritishning o‘zi ham yetarli bo‘ladi:
  • ortiqcha vazndan xalos bo‘lish;
  • alkogoldan voz kechish;
  • yog‘li ovqatlarni kamaytirgan holatda sog‘lom parhezga amal qilish.

Ammo jigarning barcha kasalliklari ham bunchalik oson yechimga ega emas. Dorilar va operatsiyaga murojaat qilinishi mumkin. Zararlangan organni aynan qay yo‘l bilan tiklash xulosasini faqatgina tibbiyot xodimi qo‘yishi kerak. O‘zboshimchalik bilan davolashga kirishmang — bu sizga qimmatga tushishi mumkin.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top