14:10 / 01.09.2019
0
14323
Polsha prezidenti Ikkinchi jahon urushi harbiy jinoyat bilan boshlanganini aytdi
Foto: Kun.uz

Ikkinchi jahon urushi harbiy jinoyat bilan boshlangan, dedi Polsha prezidenti Anjyey Duda Velyun shahrida fashistlar Germaniyasining hujumiga 80 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan xotira tadbirida.

Uning ta'kidlashicha, urush barchani qirib tashlagunga qadar davom etishini ko‘rsatish uchun qasddan shunday qilingan.  

"Odamlar g‘arblik qo‘shnilar o‘sha davrdagi eng zamonaviy Ju 87B samolyotlarida bostirib kelib na armiya, na harbiy inshoot bo‘lgan shaharga bomba tashlashini xayoliga ham keltirishmagan. Ayniqsa, xoch bilan belgilangan kasalxonadan boshlashlarini. Kim ham Yevropadagi eng qadimiy madaniyatga ega bo‘lgan xalq bunday qiladi deb o‘ylardi?", dedi Duda.

Polsha prezidentining so‘zlariga ko‘ra, "dunyoda bunday hol boshqa takrorlanmasligi uchun" o‘sha voqealarni aslo unutib bo‘lmaydi.

1939 yil 1 sentyabrda nemis aviatsiyasi Velyun shahrini bombardimon qilgandi. Natijada 1200ga yaqin kishi halok bo‘lgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top