23:44 / 01.09.2019
9
34727

Video: Toshkentda Mustaqillik kuni munosabati bilan 350 metrlik bayram salyuti otildi

1 sentyabrda O‘zbekiston Mustaqilligining 28 yilligi nishonlanishi munosabati bilan Toshkentda bayramona mushakbozlik o‘tkazildi.

Poytaxt osmoni uzra 21:00da salyut otilishi boshlandi. Salyut 9 daqiqa davom etdi. 

E'tiborlisi, salyut balandligi tariximizda ilk bor 350 metrga yetgan. Xalqlar do‘stligi saroyi orqasida joylashgan 80 ta qurilma yordamida 2700 dan ko‘proq salyut otilgan.

Shou Xitoyning China Liuyang Jeeton Fireworks Group kompaniyasi tomonidan taqdim qilindi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top