18:26 / 01.09.2019
1
19929
Xitoyliklar Oyning orqa tomonida antiqa modda topishdi

Xitoyning “Yuytu-2” lunoxodi Oyning ko‘rinmas tomonida noma'lum modda aniqladi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi. 

Modda kraterlardan biri tadqiq qilinayotgan vaqtda aniqlangan. Rover uni suratga qayd qilgan. Missiya saytida ma'lum qilinishicha, surat iyul oxirida olingan. 

Mashina korpusida moddadan akslanayotgan nur bo‘yicha uning tarkibini aniqlovchi Visible and Near-Infrared Spectrometer (VNIS) spektrometri o‘rnatilgan. Biroq olimlar topilma nimadan tashkil topganini tushuna olishmagan va faqat u “noodatiy rangga va gelsimon tarkibga egaligini” ayta olishgan. 

2019 yil yanvarda Xitoyning “Chan'e-4” qurilmasi Yerga Oyning orqa tomoni suratini jo‘natgan. Qurilma Oyning geologik tuzilishi va tuprog‘i tarkibi haqidagi ma'lumotlarni to‘playdi va bir qator past chastotali radioastronomik kuzatuvlar olib boradi.

Oyning orqa qismidagi birlamchi mantiya namunalarida piroksenlar va olivinlar – kam miqdorda kalsiyga va ko‘p miqdorda temirga ega zich minerallar aniqlangan. Mutaxassislarning fikricha, bu jinslar dastlab yuqori mantiya tarkibiga kirgan, biroq meteoritlar tushishi natijasida sirtga otilib chiqqan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top