17:45 / 02.09.2019
4232

Hindiston turistlar uchun elektron vizalar narxini arzonlashtirdi

Hindiston hukumati turistlar uchun elektron vizalar narxini ikki barobarga arzonlashtirdi. Bu haqda Hindiston hukumati rasmiy portalida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, apreldan iyungacha bo‘lgan muddat orasida 30 kunlik elektron viza narxi 10 dollar, iyuldan martgacha esa 25 dollar turadi. Hindistonga bir yillik viza olish 40, besh yillik viza olish 80 dollarga tushadi.

Bunda 30 kunlik turistik elektron viza Hindistonga ikki marta kelish huquqini beradi. Bir va besh yilga berilgan vizalar esa sayohatchilarga mamlakatga istagancha kelib-ketish huquqini taqdim etadi, ammo bunda har bir tashrif davomiyligi 90 kundan oshmasligi lozim.

Top