16:36 / 02.09.2019
7114

Qozog‘iston prezidenti foydalanilmagan qishloq xo‘jalik yerlarini olib qo‘yishni talab qildi

Foto: kstnews.kz

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerni davlatdan bepul ijaraga olib undan foydalanmaganlarning yerlarini olib qo‘yish masalasini ko‘tardi. U bu haqda Qozog‘iston xalqiga murojaatnomasida aytdi.

To‘qayev aksariyat ijarachilar yerlarni shunchaki olib ishlamayotganliklarini ta'kidladi. U bundaylarni "baxillar" deb atadi. Qozog‘iston prezidentining fikricha, foydalanilmayotgan yerlarni olib qo‘yish vaqti keldi. U parlament va hukumatga ana shunday uchastkalarni olib qo‘yish mexanizmini ishlab chiqishga topshiriq berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masalani hal qilmasdan turib qishloq xo‘jaligini sifatli rivojlantirib bo‘lmaydi.

Mavzuga oid
Top