10:28 / 02.09.2019
10930

Surxondaryodagi AGTKShda «Damas» yonib ketdi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

2019 yilning 31 avgust kuni soat 16:53da Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani “A.Bo‘tayev” MFYda joylashgan “Jarqo‘rg‘on servis” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida “Damas” rusumli avtomobili yonayotganligi haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga 2ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 17:00da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 17:03da qurshab olinib, soat 17:15da to‘liq o‘chirilgan. 

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Hodisa oqibatida “Damas” rusumli avtomobil to‘liq yonib zararlangan. Yong‘inni taxminiy sababi avtomobilga siqilgan gazni to‘ldirgandan so‘ng gaz shlangi uzilmasdan avtomobilning harakatlanib ketishi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Top