12:18 / 02.09.2019
8935
Surxondaryodagi savdo majmuasi oldida yuz bergan janjaldan so‘ng jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 

2019 yil 26 avgust kuni Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi 37 yoshli A.B. Jarqo‘rg‘on tumani Qorayog‘och mahallasida joylashgan savdo majmuasi oldida o‘zaro janjal oqibatida shu mahallada yashovchi 28 yoshli Sh.N.ning tanasini turli joylariga urib tepib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma'lumotida aytilishicha, natijada Sh.N. kasalxonaga yotqizilgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.B. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top