14:42 / 03.09.2019
0
5946

Bojxonachilar 113 million so‘mlik mahsulot ortilgan «Kobalt»ni to‘xtatishdi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Bojxonachilar tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tamaki mahsulotlarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Jumladan, fuqaro X.I. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Natijada, ushbu shaxsning avtomashinasi saloni va yukxonasida aksiz markalari bilan markalanmagan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 112,6 million so‘mlik 9125 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top