15:00 / 03.09.2019
4
19354
Hindistonda davolanayotgan Azamat moddiy jihatdan qiyin ahvolda. Uning oldida yana 2 operatsiya bor

Musofir bo‘lmaguncha musulmon bo‘lmaysan, deydi dono xalqimiz. Musofir yurtda sinovlarga ko‘proq duch kelasiz va bu sinovlardan o‘tib o‘zingizga ishonchingiz yanada mustahkamlanadi. Biroq imkoniyatingiz cheklangan, sog‘lig‘ingizda muammo bo‘lsa-chi? Bunday holni hech kimning boshiga solmasin.

Yodingizga bo‘lsa, tahririyatimiz tomonidan bir necha marotaba tanasi kuygan Azamat uchun xayriya aksiyalari o‘tkazilgan edi. U yetarli mablag‘ yig‘ilmagan bo‘lsa ham, Hindistonga majbur uchib ketgan edi. Ijodiy guruhimiz bilan Azamat bilan aloqada bo‘lib turishga harakat qildik. Kuni kecha ushbu oila biz bilan bog‘lanib sharoiti og‘ir holda ekanligi, musofir yurtda ko‘makka muxtoj bo‘lib qolganligini, yordam so‘rashdan boshqa iloj qolmaganligini bildirishdi.

«Saxovatpesha insonlar yordami bilan bu yerga davolanishga kelgandim. Allohimga ming shukrki, bu yerda 3 marotaba operatsiya qilindim. Oldinda yana 2 ta operatsiya turibdi. Teri o‘stirib ko‘chirib o‘tkazishdi. Qo‘llarimga simlar qo‘yib to‘g‘rilashdi. Hindistonda yana 7 oy davomida operatsiyalarim davom etadi. Bular uchun moddiy tomondan qiynalib qoldik. Yashash sharoitimiz va operatsiya xarajatlari uchun mablag‘imiz yo‘q», – deydi Azamatjon.

Bemor bilan gaplashar ekanmiz, unga yana qancha mablag‘ zarurligi haqida so‘radik. Operatsiyasi uchun 4 ming, jami bo‘lib taxminan 5 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ ketar ekan. «Shu ikki operatsiyamni o‘tkazib, nasib bo‘lsa orzu qilganimdek holda uyga qaytaman», – deydi u.

Bir yigit baxtiyor bolaligini yo‘qotishiga sabab bo‘lgan bu darddan forig‘ bo‘lish arafasida. Keling, yana ozroq madad beraylik! Biroz qarashib yuborishimiz ortidan bu yigit hayotining qolgan qismida salomatligi benuqson o‘tsin.

Xayitov Azamatjon Jaloliddin o’g’li nomiga ochilgan karta

Click/PayMe: 8600 0417 9015 0313 (Agrobank)

MFO: 00249

INN: 200067551

Naqd pul to‘lovlari uchun: 23116000100000249001

 Mijoz arizasiga ko‘ra kartadan-kartaga pul o‘tkazganda: 23118000000000249001

Pul o‘tkazish yo‘li bilan: 23120000600000249001

Bahromjon Hakimov (bemorning tog‘asi) nomiga ochilgan karta:

Sberbank: 4276 0300 1778 5821  

Bahodir Ahmedov


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top