15:15 / 04.09.2019
0
2316
Dilshod Axatov Yaponiya parlamenti deputatlari bilan uchrashdi
Foto: TIV axborot xizmati

2019 yilning 4 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Yaponiya Parlamenti Vakillar palatasi deputatlari Fumiaki Kobayashi, Yasutaka Nakasone, Taro Honda va Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi Demokratik siyosat tadqiqot instituti ilmiy xodimlari bilan uchrashdi.

TIV xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish nuqtai nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning turli jihatlari va istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Yaqin parlamentlararo aloqalarning ko‘p qirrali O‘zbekiston – Yaponiya muloqotini kengaytirish, turli sohalarda qo‘shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirishdagi muhim roli e'tirof etildi.

Yaponiya Parlamenti delegatsiyasining tashrifi dasturidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Vazirlar Mahkamasida muzokaralar o‘tkazish, Navoiy IES va «Navoiyazot» AJ zavodini borib ko‘rish hamda Samarqand shahridagi o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy merosi bilan tanishish ham o‘rin olgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top