01:13 / 04.09.2019
5
15965
Google kompaniyasi yangi Android 10 operatsion tizimini chiqardi
Foto: 9to5google

Google kompaniyasi o‘zining Pixel telefonlari uchun Android 10 operatsion tizimini chiqarganini ma'lum qildi. Yaqin orada yangi operatsion tizimga o‘tish imkoniyati boshqa kompaniyalar smartfonlarida ham paydo bo‘ladi.
        
Yangi tizimda videodagi nutqni subtitrlarga aylantiruvchi Live Caption funksiyasi paydo bo‘ldi. 

Shuningdek, “Qora mavzu” rejimini yoqish imkoniyati hamda smartfonda harakatlanish uchun qo‘shimcha imo-ishoralar paydo bo‘ldi. Bu imo-ishoralar yordamida orqaga qaytish, bosh ekranni ochish va dasturlar orasida o‘tish mumkin. Daxlsizlikka katta ahamiyat qaratilgan: endi dasturlarga foydalanuvchining joylashgan o‘rni haqidagi ma'lumotlarni fon rejimida emas, balki dastur faol bo‘lganda olishga ruxsat beriladi.  

Yangi operatsion tizimda ishdan chalg‘ituvchi barcha dasturlarni bloklovchi Focus Mode rejimi, shuningdek, ota-onalarga farzandlari smartfon yoki ma'lum dasturlar ortida qancha vaqt o‘tkazayotganini nazorat qilishga imkon beruvchi Family Link funksiyasi paydo bo‘lgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top