13:49 / 04.09.2019
0
5968
Reklama

Mini-futbol bo‘yicha IV xalqaro xayriya turniriga start berildi

Bugun 2019 yilning 4 sentabr kuni Mini-futbol bo‘yicha IV Xalqaro Xayriya turniri musobaqalariga rasman start berildi. Xayriya turnirining ochilish marosimi soat 9:30 da Toshkent shahridagi «O‘zbekiston» sport majmuasida bo‘lib o‘tdi.

Mini-futbol bo‘yicha xalqaro xayriya turnirlarini o‘tkazish yaxshi an'anaga aylangan bo‘lib, ular «GROSS INSURANCE» sug‘urta kompaniyasining tashabbusi bilan milliy sug‘urta kompaniyalari va xalqaro sheriklarni bunday turnirda ishtirok etishga taklif qilgan holda 2016 yildan beri ketma-ket to‘rt yil davomida muntazam o‘tkazib kelinmoqda.U har yili yangi va yangi mahalliy hamda xalqaro sheriklarni, madaniyat namoyandalarini, sport hamjamiyati va ommaviy axborot vositalari vakillarini sport tadbirlarida keng ishtirok etishga jalb qilmoqda.

Shuni ta'kidlash joizki, ushbu yili Mini-futbol bo‘yicha IV Xalqaro Xayriya turniri«MEHRLI QO‘LLAR» Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ko‘magida bo‘lib o‘tmoqda.

Turnirning maqsadi imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalarga g‘amxo‘rlik qilish hamda xayriya yordamini ko‘rsatishda baholi qudrat moddiy hissa qo‘shish, kompaniyalarning ijtimoiy mas'uliyatini namoyon qilishda, futbolni rivojlantirish va ommalashtirishda hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda munosib hissa qo‘shishdan iborat.

«GROSS INSURANCE» sug‘urta kompaniyasi uchun xayriya – bu korporativ ijtimoiy mas'uliyatni amalga oshirishning tabiiy shakli bo‘lib, qolaversa u o‘ziga xos faxrli ehtiyojga ham aylanib ulgurgan. Ayrim insonlarning ham, butun boshli ijtimoiy guruhlarning ham muammolariga diqqat-eʼtiborni jalb etish, bu borada mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish ularga nafaqat amaliy yordam ko‘rsatishga, balki mehr va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan insonlar taqdiriga loqayd bo‘lmaslikka va daxldorlik hissini tarbiyalashga imkon beradi.

Mazkur tadbir mahalliy va xalqaro sug‘urta kompaniyalari o‘rtasidagi sherikchilik munosabatlarini mustahkamlashda, aholi o‘rtasida futbolni ommalashtirishda hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birga, ushbu xayriya turniridan kelib tushgan barcha mablag‘lar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi «MEHRLI QO‘LLAR» Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markaziga yo‘naltiriladi va yurak xastaligi bilan kasallangan bolalarni davolashda foydalaniladi. Tadbir doirasida imkoniyati cheklangan bolalar tomonidan yaratilgan rasmlar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tadi. Unda turnir ishtirokchilari va mehmonlari ushbu san'at asarlarini sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ko‘rgazmaning asosiy maqsadlaridan biri bu nogiron bolalarning jamiyatga integratsiyalashuvidir. Bunday tadbirlarni o‘tkazish bolalar uchun o‘zini namoyon qilish, jamiyatning mehrini, qo‘llab-quvvatlashini va ularning taqdirida ishtirok etishini his qilish  imkoniyatidir.

Bundan tashqari, istalgan har bir inson Telegram ilovasining https://t.me/do_good_feel_better kanalida yurak xastaliklari bilan kasallangan bolalarni davolashga mablag‘lar yig‘ishda o‘z benazir yordami va hissasini qo‘shishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz Xayriya turniri musobaqalari Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Iftixor ko‘chasi, 1-uyda joylashgan «O‘zbekiston» sport majmuasida bo‘lib o‘tmoqda.

Turnir yakunlari bo‘yicha taqdirlash marosimi 2019 yilning 5 sentabr kuni soat 15:00 da yuqorida ko‘rsatilgan manzilda bo‘lib o‘tadi.

Sport majmuasiga kirish erkin bo‘ladi.

Axborot olish uchun «GROSS INSURANCE» MChJ ga murojaat qilinsin.

Web-manzil: www.gross.uz

Yagona telefon raqami: 1166

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top