09:32 / 04.09.2019
1
8415

Qabriston oldida qariyb 1,5 kilogramm «marixuana» giyohvand moddasini sotayotgan shaxs ushlandi

Illyustrativ foto

2019 yil 1 sentabr kuni Jizzax viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan “Qoradori-2019” tezkor profilaktik tadbiri o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, tadbir davomida Arnasoy tumani “Gulbahor” MFYda yashovchi 40 yoshli O.X. “Yangibo‘ston” MFYda joylashgan “Bobokalon” qabristoni oldida 1 kg. 473 gr. “marixuana” giyohvand moddasini 200.000 so‘mga sotayotganida ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top