09:59 / 04.09.2019
2
14605
«Spark»da uyidan noma'lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan yigit qidirilmoqda

2019 yil 2 sentabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi 53 yoshli B.Ergashev IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu kuni soat 14:00larda  26 yoshli o‘g‘li Nodir Ergashev o‘zining davlat raqami 01 A 528 G‘V bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashinasida uyidan noma'lum tomonga chiqib ketib bedarak yo‘qolganligini ma'lum qilgan.

N.Ergashevni qidirib topish choralari ko‘rilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, N.Ergashevni va uning boshqaruvidagi avtomashinani ko‘rgan yoki u haqida biron-bir ma'lumotga ega bo‘lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz”, - deyiladi IIV ma'lumotida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top