18:55 / 04.09.2019
4
21184

Toshkentda maktablardan birining yonida haydovchilar uchun noodatiy belgi o‘rnatildi

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati

Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari har kuzda umumta'lim muassasalari yaqinida yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga qaratilgan bir qator choralar ko‘radi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati. 

Qayd etilishicha, piyodalar yo‘lakchalarining chizmalari yangilanadi, tumanlar infratuzilmasi yangi yo‘l belgilari va svetoforlar bilan boyitiladi. Ammo an'anaviy yondashuv bilan cheklanib qolish mumkin emas – o‘sib kelayotgan avlod uchun o‘quv dargohlariga olib boradigan yo‘llarni xavfsiz qilish uchun yangi usullarni qo‘llash zarur.  

Sinov tariqasida Yashnobod tumanidagi 166-son umumta'lim maktabning yonida haydovchilarni e'tiborli, ehtiyot va ogoh bo‘lishga, o‘qish kunlarida soat 7:30 dan 18:00 gacha tezlikni 30 km/s gacha tushirishga chaqiruvchi «Maktab!» deb nomlanuvchi nostandart yo‘l belgisi o‘rnatildi.


  
“Ushbu yondashuv haydovchilarni mas'uliyatliroq bo‘lishlarida muhim o‘rin tutadi, degan umiddamiz”, - deyiladi xabarda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top