18:51 / 04.09.2019
0
13709
Ukraina hukumati Zelenskiyga Klichkoni Kiyev ma'muriyati rahbarligidan bo‘shatishni taklif qildi
Foto: facebook.com/merkieva

Ukraina vazirlar mahkamasi Kiyev shahar ma'muriyati rahbari Vitaliy Klichkoni lavozimidan ozod etishni so‘radi.

"Biz Klichkoni bo‘shatish to‘g‘risida prezident ofisiga murojaat qildik", - dedi mamlakat bosh vaziri Aleksey Goncharuk.

2014 yil 25 iyunda Kiyev meri Klichko Ukrainaning beshinchi prezidenti Pyotr Poroshenkoning farmoni bilan Kiyev shahar ma'muriyati rahbari etib tayinlangandi.  

Klichkoning fikricha, Kiyevda hokimiyatni bo‘lish va uni shahar ma'muriyati rahbarligidan bo‘shatish tashabbusi noqonuniy va "qo‘shhokimiyat"ni keltirib chiqaradi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top